Samarqand shahridagi bir MCHJ Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan ayblanmoqda

12:02 14 Avgust 2024 Jamiyat
260 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand shahridagi savdo doʻkonida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotilayotganini aniqlagan. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi, bojxona va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ noqonuniy tovarlar aylanmasi bilan shugʻullanayotgani maʼlum boʻldi.

Qayd etilishicha, “S.A.” MCHJ savdo doʻkonida umumiy bahosi 137,2 million soʻmlik 46 turdagi jami 6 ming 111 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, davlat jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlarini kafolatlashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?