Samarqand shahrida suv ta’minoti va yo‘l tarmoqlarini modernizasiya qilishga qo‘shimcha 270 million dollar ajratiladi — Shavkat Mirziyoyev
Samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrini aholi va sayyohlar uchun qulay bo‘lgan “bir millionlik shahar”ga aylantirish borasidagi rejalari haqida ma’lum qildi.
“Buning uchun Samarqand, Pastdarg‘om, Oqdaryo va Toyloq tumanlari hududidan 18 ming gektar yer maydoni shahar tarkibiga o‘tkaziladi. Viloyatning ma’muriy markazi shaharning tarixiy markazidan boshqa hududga ko‘chiriladi.
Samarqand shahrida suv ta’minoti va yo‘l tarmoqlarini modernizasiya qilishga qo‘shimcha 270 million dollar ajratiladi.
Shaharda jamoat transport tizimi to‘liq modernizasiya qilinadi.
Bu maqsadlar uchun 40 ta yangi avtobus yo‘nalishi, aeroport, temir yo‘l vokzali va tarixiy markazlarni bog‘laydigan 5 ta ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil qilinadi”, – dedi nomzod.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring