Samarqand “Mahalla kubogi”  respublika turniriga mezbonlik qildi

15:13 20 Fevral 2023 Sport
532 0

Foto: Xalq so‘zi

Mahallalarda ommaviy sportni keng targʻib qilish, yoshlar oʻrtasida stol tennisini yanada ommalashtirish, ularni jismoniy sogʻlomlashtirish maqsadida 13-16 yoshli oʻsmirlar oʻrtasida tashkil etilgan “Mahalla kubogi” turnirining respublika bosqichi Samarqandda boʻlib oʻtdi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi hamda qator vazirliklar hamkorligida qabul qilingan qoʻshma qaror asosida “Mahalla kubogi” turniri 4 bosqichda tashkil etildi.

1-bosqich 2022-yilning 10-31-oktyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hududida joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida boʻlib oʻtgan boʻlsa, 2-bosqichda maxallalaro saralangan yosh sportchilar tuman-shahar bosqichida yana bir bor kuch sinashdi.

3-bosqichda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar miqyosida quyi bosqich gʻolib jamoalari ishtirok etdi. Tabiiyki, final bosqichida respublikamizdagi 14 ta hududdan peshqadam jamoalar bellashdi.

Murosasiz kechgan bahslarda Buxoro shahrining “Sobir Rahimov” MFY jamoasi 4-oʻrin, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Oq oltin” MFY jamoasi 3-oʻrinni qoʻlgan kiritgan boʻlsa, musobaqaga mezbonlik qilgan Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumanidagi “Joul Qosim” MFY jamoasi 2-oʻrinni egalladi.Namangan viloyati Chust tumani «Xisorak» mahallasi yoshlari esa faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, turnir gʻolibi boʻldi.

Musobaqa gʻoliblariga hamkor tashkilotlar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер