Samarqand xalqaro aeroportida noqonuniy  dori vositalarini olib kirishga chek qoʻyildi

15:40 17 Fevral 2023 Jamiyat
313 0

Foto: Xalq so‘zi

Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabariga koʻra, Samarqand xalqaro aeroportiga “Samarqand-Istambul” yoʻnalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro X.Z. “qizil” yoʻlak orqali bojxona nazoratidan oʻtayotganida, bagaj sumkasida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan va sifati kafolatlanmagan 7 turdagi, qiymati 23 million soʻmga yaqin dori vositalari borligi maʼlum boʻldi.

Aniqlangan holat yuzasidan bojxona xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, mazkur dori vositalari Davlat reyestriga kiritilmaganligi, muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmaganligi va saqlash sharoitlariga amal qilinmagani sababli ushbu dori vositalarini mamlakatimiz hududida tashish, sotish va tibbiyot amaliyotida qoʻllash taqiqlangan.

Sudning qarori bilan huquqbuzar X.Z. nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan dori vositalari tegishli tartibda yoʻq qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?