“Samarkand Marathon«da qirqqa yaqin davlatdan minglab ishtirokchi bellashdi

Foto: Xalq so‘zi
Kecha Samarqand shahrida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya yugurish marafoni boʻlib oʻtdi. Unda qirqqa yaqin davlatdan 3300 dan ziyod ishtirokchi 2, 10, 21,1 va 42,2 kilometr masofani bosib oʻtdi.
Dastlab Registon maydonida musobaqaning 2 kilometrga yugurish bahslari start oldi.
Marafonda erkaklar bahsida Toshkent viloyati vakili Hasan Mirsoatov gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. U 2021-yilda ham finishga birinchi boʻlib yetib kelgandi.
Xotin-qizlar orasida ushbu masofani rossiyalik Kamola Ablayeva birinchi boʻlib zabt etdi.
Marafonning 21,1 kilometrga oʻtkazilgan bahslarida erkaklar oʻrtasida Yevgeniy Fadeyev marra chizigʻini birinchi bosib oʻtgan boʻlsa, ayollar oʻrtasida qirgʻizistonlik sportchi Gulshanoy Sattorova birinchi boʻldi. 42,2 kilometr masofaga oʻtkazilgan erkaklar oʻrtasidagi bahslarda Qozogʻiston vakili Islom Amonqosh, ayollar oʻrtasida fargʻonalik Yekaterina Tunguskova gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Marafon gʻoliblari pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring