Samarali mehnat eʼtiborsiz qolmaydi

01:35 28 May 2024 Jamiyat
453 0

Samarali mehnat, albatta, eʼtiborsiz qolmaydi. Xususan, hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish orqali jinoyatchilikni jilovlash, prokuror sektorlarida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish, tashqi migratsiyada boʻlgan shaxslar va ularning oila aʼzolariga amaliy koʻmak berish kabi yoʻnalishlarda samarali natijalarga erishgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ham bundan mustasno emas.

Gap shundaki, Bosh prokurorning tegishli buyrugʻi bilan yuqorida qayd etilgan yoʻnalishlarda yaxshi natijalar koʻrsatgan fidoyilar ragʻbatlantirildi.

Jumladan, Yunusobod tuman prokurori Я.Абдураҳмонов 3-darajali «Aʼlo xizmatlari uchun» koʻkrak nishoni bilan, shuningdek, tuman ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi А.Шермуҳамедов Bosh prokurorning «Faxriy yorligʻi» bilan taqdirlandi.

Toshkent shahar prokurorining birinchi oʻrinbosari А.Урманов hamda Yunusobod tumani hokimi Б.Абдувалиев tomonidan ushbu xodimlarga Bosh prokurorning koʻkrak nishoni hamda faxriy yorligʻi tantanali ravishda topshirildi.

Robiya BAXTIYOROVA,

OʻzDJTU xalqaro jurnalistika fakultetining 3-bosqich talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер