Samarada uy yonib ketishi natijasida 5 kishi jarohatlandi. Ulardan biri oʻzbekistonlik
Samara shahridagi yongʻin yuzasidan axborot berilgan.
2020-yil 7-noyabr kuni Samara shahri “Promыshlennost” koʻchasi 33-manzilda joylashgan shaxsiy uy yonib ketgan.
Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, yongʻin natijasida 5 nafar odam jarohat olgan, 4 kishi vafot etgan. Jarohatlanganlardan biri Oʻzbekiston fuqarosi A.X. is gazidan zaharlanish, bosh yumshoq toʻqimalarining lat yeyishi tashxisi bilan N.I.Pirogov nomidagi 1-son shahar klinik shifoxonasida joylashtirilgan.
Vafot etganlarning shaxsi aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring