Salomatlik sari 5000 qadam

10:00 09 Noyabr 2020 Sport
1781 0

Bugun ertalab Namanganda «Yangi Oʻzbekiston — yangicha dunyoqarash» shiori ostidagi marafonga start berildi. Uning ishtirokchilari viloyat markazidagi bir qator koʻchalar boʻylab 3 kilometr masofada harakatlanadilar. Yomgʻirli havoga qaramay qizgʻin davom etayotgan salomatlik tadbirida mahallalar ahli, mehnat jamoalari, oʻquv yurtlari talabalaridan iborat mingdan ziyod sport ixlosmandlari ishtirok etmoqda.

Marafon tashkilotchilari tadbir yakunida eng faol ishtirokchilarni ragʻbatlantirishni koʻzda tutgan.

Qudratilla NAJMIDDINOV
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?