Saida Mirziyoyeva Rim Papasi Lev XIV bilan uchrashuv oʻtkazdi
Kecha, 11-dekabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti hayʼati yigʻilishi doirasida Rim Papasi Lev XIV bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuv davomida mukofotning madaniyatlararo va dinlararo anglashuvni kengaytirishga qaratilgan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda turli konfessiyalar vakillari, jumladan katoliklar, totuvlik va bagʻrikenglik muhitida yashayotgani, mukofot bu qadriyatlarni xalqaro miqyosda mustahkamlashi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida butun dunyoda ishonchni mustahkamlash va insonparvarlik tamoyillarini ilgari surishga qaratilgan loyihalar ustida hamkorlikda ishlashga tayyorlik bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring