Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston davlat maslahatchisi bilan uchrashuv oʻtkazdi

14:37 06 Avgust 2024 Siyosat
261 0

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Oʻzbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston Respublikasiga tashrif doirasida Qozogʻiston davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva oʻzining Telеgram kanalida maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va koʻp tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Asosiy yoʻnalishlarda yaqindan muloqotni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash istiqbollari, jumladan, madaniy va xalq diplomatiyasi sohasida, shuningdek, axborot siyosati borasida hamkorlikdagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер