Saida Mirziyoyeva Angordagi xaroba maktabga tashrif buyurdi
Foto: Saida Mirziyoyevaning Telegram-kanali
Saida Mirziyoyeva Termizning Angor tumanidagi 9-maktabni ko‘zdan kechirib, chekka hududlardagi ayrim maktablar ahvoli nihoyatda ayanchli ekaniga guvoh bo‘ldi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Ta’limsiz taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi deb doim bong urib kelayotgan prezidentimizning asosiy ustuvor maqsadlaridan biri ham ta’lim ekanligi bejiz emas. Prezident dalani emas bolani tanladilar. O‘qituvchilar paxta balosidan ozod bo‘ldi. Ularni ta’limdan boshqa majburiy mehnatga jalb qilish kabi holatlar uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazo choralari belgilandi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.

Uning qayd etishicha, boshlang‘ich sinflar uchun zamonaviy o‘qitish tizimi shu yil sentyabr oyidan joriy etilyapti. Ingliz tilini o‘rgatish uchun xorijdan chet tili mutaxassislari olib kelinyapti, maktablar uchun zamonaviy jihozlar ajratilyapti. Bularning barchasi — ushbu yo‘nalishdagi ishlarning ayrimlari xolos.
“Tez orada ushbu maktabni ta’mirlash va qayta jihozlash ishlari boshlanadi. Lekin bu ishlar kimdir kelgani uchun emas, tizimli yo‘lga qo‘yilishi va har kuni davom ettirilishi kerak. Toki eng chekka qishloq maktabirida ham eng kamida zarur sharoit bo‘lsin. Ana shundagina biz ko‘zlagan maqsadimiz — sifatli ta’limga erisha olamiz”, — deb ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring