Rossiyada qarovsiz qolgan 4 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi
Illyustrativ foto
Rossiyada qarovsiz qolgan 4 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 17-oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari Toshkent shahar xalqaro aeroportida yana 4 nafar voyaga yetmagan Oʻzbekiston fuqarosini kutib olgan.
Ular Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Moskva shahri bosh boshqarmasining Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari tomonidan “MDH ishtirokchi davlatlarining voyaga yetmaganlarni doimiy yashash joyiga qaytarish masalalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim” doirasida vataniga qaytarilgan.
Agentlik xabar qilishicha, 2024-yilda jami 100 nafar voyaga yetmagan Oʻzbekiston fuqarosi qaytarilib, ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari qaramogʻiga topshirilgan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 15-oktyabr kuni ham xorijda ota-ona qaramogʻisiz qolgan 3 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring