Rossiya yuqori daromad oluvchilar uchun soliqlarni oshirish rejasini eʼlon qildi
Foto: AFP
Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi urush xarajatlari oshayotgan bir paytda mamlakat boylar va biznes kompaniyalar uchun soliqlarni oshirish rejasini eʼlon qildi. 2022-yil fevralidan buyon hukumat xarajatlari daromaddan bir necha oʻn milliard dollardan oshib ketgan. Chunki sanksiyalar Yevropaga energiya sotishni toʻxtatib qoʻydi.
«Oʻzgarishlar adolatli va muvozanatli soliq tizimini yaratishga qaratilgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, qolgan mablagʻlar Rossiyaning iqtisodiy farovonligi uchun yoʻnaltiriladi, — deydi Moliya vaziri Anton Siluanov.
Daromad soligʻi hozirda rossiyaliklar uchun 13 foiz etib belgilangan. Moliya vazirligining oʻzgartirishlariga koʻra, yillik daromadlari 2,4 million rubldan 5 million rublgacha boʻlganlar uchun (27 ming-56 ming AQSH dollari) 15 foiz etib belgilangan. Bundan tashqari foiz koʻrsatgichlari 18, 20, va 22 foizgacha koʻtarilib boriladi. Korporativ soliq esa 20 foizdan 25 foizga oshishi kutilmoqda.
Siluanovning aytishicha, oʻzgarishlar mamlakatdagi 2 million kishiga taʼsir qilishi mumkin. Shuningdek, Ukrainada jang qilayotganlar uchun imtiyozlar beriladi. Tuzatishlar 2025-yildan kuchga kirishi aytilmoqda.
Qayd etilishicha, Rossiya 2022-2023-yillarda qariyb 6,5 trillion rubl (73 milliard dollar) umumiy byudjet taqchilligiga duch kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring