Rossiya Ukraina harbiylariga qarshi kimyoviy qurollardan foydalangani daʼvo qilinmoqda

12:52 02 May 2024 Dunyo
497 0

Foto: Reuters

Amerika Qoʻshma Shtatlari Rossiyani Ukraina askarlariga qarshi xlorpikrin zaharli moddasidan foydalanganlikda ayblamoqda.

Davlat departamenti chorshanba kuni eʼlon qilgan bayonotga koʻra, Rossiya kuchlari bu usul orqali Ukraina qoʻshinlarini mustahkamlangan pozitsiyalaridan siqib chiqarish va jang maydonida taktik yutuqlarga erishishni maqsad qilgan.

Koʻz, teri va oʻpkalarni achitish xususiyatiga ega boʻlgan ushbu suyuq modda Birinchi jahon urushi vaqtida ham ishlatilgan. Undan qishloq xoʻjaligi sektorida hamon foydalanilsada 1993-yilgi Kimyoviy qurollar toʻgʻrisidagi konvensiyaga muvofiq urushda foydalanish taʼqiqlangan. Xlorpikrin Rossiya armiyasidagi asosiy qurol vositasi boʻlib, undan foydalanishda kuchli bosimga uchramoqda.

Rus armiyasi ushbu moddadan tashqari CS va CN gazlari oʻrnatilgan granatalarni ishlatgani ham aytilmoqda. Bu haqda «Reuters» axborot agentligi Ukraina harbiylariga tayanib yozgan. Nashrning qoʻshimcha qilinishicha, kamida 500 nafar ukrainalik askar zaharli moddalar taʼsiridan davolangan va bir nafari koʻzdan yosh oqizuvchi gazdan boʻgʻilib halok boʻlgan.

Ukraina bosh prokurorining sobiq oʻrinbosari Gyunduz Mamedov 24-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya armiyasi soʻnggi olti oy ichida Ukraina kuchlariga qarshi 900-marta koʻzdan yosh oqizuvchi gaz qoʻllagani, urush boshidan buyon esa bu raqamlar 1400 tadan oshganini maʼlum qildi.

AQSH bayonotida aytilishicha, u Moskvaning kimyoviy va biologik qurol dasturlari bilan bogʻliq boʻlgan Rossiyaning uchta davlat obyektiga, jumladan, Ukraina qoʻshinlariga qarshi xlorpikrindan foydalanishga yordam bergan maxsus harbiy qismga sanksiya qoʻyadi. Shuningdek, yuqoridagi tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlovchi Rossiyaning boshqa kompaniyalariga ham sanksiyalar amal qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер