Toshkentdan Andijonga safar vaqti 3 soatgacha qisqaradi

Shavkat Mirziyoyev yirik transport infratuzilmasi loyihalari boʻyicha hisobotni tingladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati maʼlum qildi.
Prezidentning 2023-yil 10-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, yoʻl xoʻjaligi sohasi takomillashtirildi, yoʻl qurish, taʼmirlash va ulardan foydalanish koʻlami oshdi.
Mazkur qarorda zamonaviy avtomobil yoʻllarini tashkil etish istiqbollari ham belgilangan edi. Jumladan, oʻtgan vaqtda Jahon banki ishtirokida “Toshkent – Andijon” muqobil yoʻli loyihalashtirildi. Umumiy uzunligi 314 kilometr boʻlgan bu tezyurar magistral foydalanishga topshirilishi natijasida Toshkentdan Andijonga yetib borish vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi.
Bundan tashqari, yigʻilishda xalqaro tender natijalari muhokama qilinib, boshqa muhim yoʻllarda ham muqobil magistrallar barpo etish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, BAAning “AD Ports Group” kompaniyasi bilan Navoiyda “quruq port” tashkil qilish loyihasi yuzasidan axborot taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring