Rossiya Qozogʻistonga yigʻish uchun 17 ta yirik vertolyot joʻnatadi

“Kazaxstan injiniring“ kompaniyasi, Olmotadagi 405-sonli aviataʼmirlash zavodi RFning “Vertoletы Rossii“ AJ bilan Qozogʻiston hududida Mi-8/171 rusumli yirik uzatmali vertolyotlar yigʻish boʻyicha bitim imzoladi. Bu haqda qoʻshni davlatning sanoat va infratuzilmaviy rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 14-dekabr kuni Nur-Sulton shahrida ushbu kelishuvni uch tomonlama imzolash marosimi boʻlib oʻtgan.
Vertolyotlarni yigʻish va ularni buyurtmachi talablariga moslashtirish jarayonlari Olmotadagi zavodda amalga oshiriladi. Ushbu korxona shu rusumdagi havo transport vositasini taʼmirlash, modernizatsiyalash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha milliy hamda xalqaro sertifikatsiyalariga ega, deb yozadi TASS.
Vertolyotlarning dastlabki turkumi kelgusi yildan yuboriladi. Dastlab yigʻish uchun 8 ta Mi-8/171 joʻnatiladi. Keyinchalik ularning soni 17 taga yetkaziladi.
Vertolyotlarning asosiy buyurtmachilari davlat muassasalaridir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring