WP: Tramp Markaziy razvedka boshqarmasiga Venesuelaga qarshi “tajovuzkor choralar” koʻrishga ruxsat berdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Markaziy razvedka boshqarmasiga (MRB) Venesuela hukumatiga qarshi “tajovuzkor choralar” koʻrish vakolatini bergan. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.
Manbalarning maʼlum qilishicha, maxfiy hujjatda MRBga Venesuela hukumati va u bilan aloqador giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarga nisbatan “tajovuzkor harakatlarni amalga oshirish”ga ruxsat berilgan.
Nashr taʼkidlaganidek, hujjatda prezident Nikolas Maduroni hokimiyatdan agʻdarish boʻyicha bevosita topshiriq yoʻq, ammo “bunday natijaga olib kelishi mumkin boʻlgan choralar”ni amalga oshirishga ruxsat berilgan.
Baʼzi manbalarga koʻra, MRB allaqachon mintaqaga qoʻshimcha xodimlar yuborgan va ular agentlik maʼlumotlarini yigʻish bilan shugʻullanmoqda.
Avvalroq xabar berilishicha, AQSH prezidenti maʼmuriyati MRBga Venesuelada maxfiy operatsiyalar oʻtkazishga ruxsat bergan. Ushbu qaror Venesuela hukumatiga bosim oʻtkazish kampaniyasining bir qismi boʻlib, uning yakuniy maqsadi — Maduroni hokimiyatdan chetlatish hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring