Rossiya Prezidenti O‘zbekiston Prezidentini saylovda qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Rossiya yetakchisi davlatimiz rahbarini saylovda qozonilgan ishonchli g‘alaba bilan dildan qutladi.
Alohida ta’kidlanganidek, ovoz berish natijalari O‘zbekistonda mamlakatni yanada jadal rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar siyosati xalq tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganini yana bir bor ko‘rsatdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Yetakchilar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, tovar ayirboshlash sur’atini davom ettirish va sanoat kooperasiyasi loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida to‘xtaldilar.
Davlat rahbarlari ishbilarmonlar va hududlar darajasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, faol gumanitar almashinuvni davom ettirish muhimligini ko‘rsatib o‘tdilar.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring