Rossiya Kurskka Aerokosmik kuchlari polkini joylashtirdi. Endi nima boʻladi?

15:07 20 Avgust 2024 Dunyo
247 0

Foto: russiatoday.ru

Rossiya Ukrainadan Kursk viloyatini himoya qilish uchun oʻzining Aerokosmik kuchlari polkini joylashtirdi. Kiyevning hujumlari kuchayishi Moskvani havo va kosmik operatsiyalar uchun masʼul boʻlgan armiyaning boʻlinmasini “maxsus” topshiriq bilan joʻnatishga majbur qilgan. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.

Qayd etish kerakki, Ukraina kuchlari Rossiya hududining 1150 kvadrat kilometri va Kursk viloyatidagi 82 aholi punkti ustidan nazoratni qoʻlga kiritib, sezilarli yutuqlarga erishgandi. Ushbu hujum Ikkinchi jahon urushidan keyin birinchi marta xorijiy qoʻshinlarning Rossiya hududini egallab olganligidir. Ukraina qoʻshinlari hech qanday sekinlashuv belgilarini koʻrsatmasdan oldinga siljishda davom etmoqda. Buning oldini olish uchun esa aynan maxsus Rossiyaning aerokosmik kuchlari jalb etiladi.

Ushbu polk mudofaani kuchaytirish uchun Kurskka joylashtirilgan. Boʻlim may-iyun oylari orasida tashkil etilgan boʻlib, unga xavfsizlik va logistika kompaniyalari hamda avvallari Rossiyaning yadroviy operatsiyasi bilan shugʻullangan xodimlari bilan tashkil qilingani aytilmoqda.

AQSHning Urushni oʻrganish instituti Rossiya Kursk mudofaasini mustahkamlash uchun Ukrainadagi front chizigʻidan qoʻshinlarini qayta joylashtirishga majbur boʻlganini yangicha urush strategiyasi bilan bogʻlashyapti.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Rossiya Kurskka qoʻshimcha kuchlarni joylashtirgan va bu mudofaani saqlab qolishini taʼminlashi mumkin. Shunga qaramasdan, hozircha umumiy front holati haqida yetarli maʼlumotlar mavjud emas.

Avvalroq, NATO Kaliningrad anklavi atrofiga serqatnov boʻlib qolgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер