Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodin Oʻzbekistonga keldi

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati
2022-yil 27-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi V. Volodin boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga rasmiy tashrif bilan keldi. “Samarqand xalqaro aeroporti”da yuqori martabali mehmonni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov kutib oldi.
Dastlab V.Volodin boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov hamrohligida «Hazrat Hizr» majmuasida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.
Mehmonlar koʻhna va navqiron Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarida boʻlishdi. Samarqanddagi tarixiy va mahobatli binolar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, delegatsiya aʼzolari “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazi, “Boqiy shahar” majmuasida ham boʻlishdi. Yangi markazdagi binolarda Buyuk ipak yoʻli davriga oid tarixiy manzaralar aks ettirilgani, ayniqsa, har qanday sayyohni qadimiy afsonalar olamiga, tarixiy obidalar dunyosiga olib kiradigan tom maʼnodagi noyob loyiha — “Boqiy shahar” meʼmoriy ansambli mehmonlarning hayratiga sabab boʻldi.
Shu bilan delegatsiya aʼzolari Samarqandga tashrifini yakunlab Toshkentga uchib keldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring