Rossiya Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid – Yevropa Ittifoqi
Yevropa Ittifoqining yangi mudofaa boʻyicha Oq kitobida Rossiya yaqin kelajakda Yevropa xavfsizligiga “fundamental tahdid” boʻlib qolishi taʼkidlangan. Ushbu hujjat 2030-yilgacha Yevropa mudofaasining operativ tayyorgarligi boʻyicha tahlillarni oʻz ichiga oladi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.
Hujjatda Rossiya yadro qurollari borasida agressiv siyosat olib borayotgani, Belarusga yadroviy qurol joylashtirayotgani va boshqa avtoritar davlatlar bilan hamkorligini kuchaytirayotgani taʼkidlangan. Moskva Yevropa bilan chegaradosh davlatlarda beqarorlikni avj oldirayotgani qayd etilgan. Xususan, Rossiya Gʻarbiy Bolqon, Gruziya, Moldova va Armanistondagi vaziyatni izdan chiqaruvchi taʼsirini kuchaytirayotgani belgilab oʻtilgan.
Yevropa rasmiylari Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari muvaffaqiyatli yakunlansa, Moskvaning hududiy ambitsiyalari yanada kengayishi mumkinligidan xavotirda. Shu bois Bryussel Rossiyaning harbiy va iqtisodiy qudratini pasaytirish uchun faol chora-tadbirlar koʻrish muhimligini taʼkidlamoqda.
Oq kitobda Rossiya Qurolli kuchlari strategik maydonda jiddiy tahdid ekanligi taʼkidlangan. Hujjatga koʻra, Rossiya Yevropadagi eng kuchli qurollangan davlat boʻlish bilan birga, iqtisodiyotini harbiy sanoatga yoʻnaltirib, sanoat mobilizatsiyasi va texnologik innovatsiyalarga asoslangan strategiyani ishlab chiqyapti.
Yevropa mudofaasining hozirgi darajasi bilan bogʻliq muammolar ham tilga olingan. Yevropa davlatlarining harbiy xarajatlari AQSHnikidan ancha past ekani, shuningdek, Xitoy va Rossiya bilan solishtirganda ham zaifroq ekanligi taʼkidlangan. Mudofaa tizimini qayta qurish uchun katta davlat va xususiy investitsiyalar zarurligi qayd etilgan.
Bryussel Oq kitobni Yevropa Mudofaa Ittifoqini shakllantirish yoʻlidagi muhim qadam deb baholamoqda. Shu munosabat bilan 6-mart kuni Bryusselda oʻtkazilgan favqulodda sammitda Yevropaning qurollanishi uchun 800 milliard yevro ajratish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Bu mablagʻning asosiy qismi Yevropa davlatlari tomonidan olingan yangi qarzlar orqali moliyalashtiriladi. Jumladan, 650 milliard yevro aʼzo davlatlarning milliy qarzlari hisobidan, qolgan 150 milliard yevro esa Yevropa Ittifoqi byudjeti kafolati asosida kreditlar orqali ajratiladi.
Yevropa Ittifoqi rasmiylari Rossiya tahdidiga qarshi kurashda uzoq muddatli harbiy strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligini taʼkidlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring