Roʻmolini yechmagan oʻquvchini urgan direktor jarimaga tortildi. Aslida nima boʻlgan edi?
 
                Fargʻonada maktab direktori oʻquvchi qizni dars vaqtida roʻmolni yechishini aytib, urganligi yuzasidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallari Jinoyat ishlari boʻyicha Buvayda tuman sudida koʻrib chiqildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani maʼlum qildi.
Qanday jazo tayinlandi?
Qayd etilishicha, ish oʻz yakuniga yetgan. Qarorga koʻra, maktab direktori R.Q. MJtKning 41-moddasi (Haqorat qilish) hamda 52-moddasi 2-qismi (Yengil tan jarohati yetkazish) bilan aybdor deb topildi.
Unga nisbatan BHMning 10 barobar miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Nima boʻlgan edi?
Gap shundaki, joriy yilning 17-may kuni Buvayda tumani Maktab va Maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabda 7-sinf oʻquvchisi N.M. (qiz bola, 2010-yilda tugʻilgan) sinfdoshi X.X. (oʻgʻil bola) bilan ogʻzaki tortishib qolgandi.
Bir oz vaqt oʻtganidan soʻng sinf xonasiga maktab direktori Q.R. (ayol) kirib kelgan, algebra oʻqituvchisi esa unga oʻquvchilar tortishganini aytgan. Maktab direktori R.Q. qizdan sinfdoshi bilan nima uchun janjallashganini, maktabga nega diniy libosda, roʻmol oʻrab kelganini soʻrab, roʻmolni yechishni aytgan.
N.M. maktab direktoriga goʻyoki gap qaytarib, roʻmolini yechmasligini aytgani uchun direktor qizni urib, jarohat yetkazgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring