Rishtondan Quvaytga qadoqlash mahsulotlari eksport qilinadi

15:19 25 Noyabr 2024 Jamiyat
224 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Ayni paytda Rishton tumanida 33 ta eksportyor korxona faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Buyuk Britaniya, Polsha, Bolgariya, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, MDH kabi dunyoning 20 dan ortiq davlatlariga sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilinmoqda.

Bu yil yakuni bilan tumanda 19,4 mln. dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Yanvar-oktyabr oylarida eksport hajmi 25 mln. dollardan oshishi taʼminlandi.

Yaqin kunlarda Rishtondan Quvaytga uy tozalash vositalari va anjomlari, shuningdek, qadoqlash mahsulotlari, qogʻoz qopchalar va karton qutilarini eksport qilish yoʻlga qoʻyiladi.

— Shu maqsadda quvaytlik tadbirkorlar hamda davlatiga qogʻoz va karton mahsulotlarini eksport qilish maqsadida Rishton tumanidagi “GRAND PRINT” qadoqlash korxonasi jamoasi ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi, — deydi Rishton tumani hokimi oʻrinbosari Abdusalom Sidiqov. — Hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar toʻgʻrisida ingliz va arab tillarida maxsus maʼlumotlarni tayyorlash ishlariga kirishildi.

Mamlakatimizning Quvayt davlatidagi elchixonasiga korxona mahsulotlari haqidagi maʼlumotlar yetkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?