Rishtonda jadidlar siymosi aks ettirilgan kulolchilik namunalari yaratilmoqda
Dunyoda inson qalbi va ongi uchun keskin kurash kechayotgan bugungi zamonda milliy mentalitetimizga xos qadriyat va anʼanalarni asrab-avaylash muhim ahamiyatga ega. Bu borada ziyolilar, ijodkorlar zimmasiga ham katta masʼuliyat yuklanayotgani ayni haqiqatdir.
— Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yaqinda boʻlib oʻtgan kengaytirilgan yigʻilishida Prezidentimiz axborot xurujlariga qarshi milliy kontentlar yaratish zarurligi masalasiga bejizga jiddiy ahamiyat qaratgani yoʻq, — deydi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi aʼzosi, Rishton tumanidagi “Tohir Haydarov kulolchilik uy-muzeyi” rahbari Tohirjon Haydarov. — Boisi har qanday koʻrinishdagi xurujlarni kuchli maʼnaviy immunitet orqali yengishimiz mumkin.
Eʼtiborlisi, davlat rahbari daʼvatidan ilhomlangan rassom-kulol maʼrifatparvar jadidlar siymosi, hikmatli oʻgitlari tushirilgan kulolchilik namunalarini yaratmoqda. Shu tariqa oʻziga xos dizaynga ega xalq amaliy sanʼati namunalari ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targʻib etilyapti. Oʻz navbatida kulolning oʻz xonadonida tashkil etgan uy-muzeyi, Fargʻona tarixi va madaniyati davlat muzeyi koʻrgazmalarida namoyish qilinmoqda. Shuningdek, buyurtma asosida Fargʻona vodiysi boʻylab taʼlim muassasalariga yetkazib berilayotir.
— Bugun tom maʼnoda har birimiz jadid boʻlishimiz kerak! — deydi taniqli ijodkor. — Ayniqsa, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, elparvarlik tuygʻularini tarbiyalashda biz ziyolilar fidoyilik koʻrsatishimiz lozim. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan bildirilayotgan ezgu tashabbuslar ijobatini taʼminlashga har birimiz munosib hissa qoʻshishimiz zarur.
Taʼkidlash joizki, oʻtgan qisqa davr mobaynida Fargʻona vodiysi viloyatlaridagi taʼlim, madaniyat va sanʼat maskanlariga jadidlar siymosi va purmaʼno oʻgitlari tushirilgan kulolchilik sanʼati asarlarini yetkazib berish boʻyicha amaliy kelishuvlarga erishilib, buyurtmalarni peshma-pesh oʻz egalariga yetkazishga kirishildi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa jadid bobolarning maʼrifatparvarlik gʻoyalarini xalqimiz, ayniqsa, yangi avlod oʻrtasida keng targʻib etishga qaratilgan.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring