Rishton tumani hokimligi delegatsiyasi Vengriyada
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Vengriya hududlararo birinchi xalqaro forumda qatnashgan Vengriyaning Yas-Nadkun-Solnok viloyati prezidenti Imre Xubay, ijrochi hokimi Attilo Berko boshchiligidagi delegatsiya Rishton tumanida ham boʻlgan edi.


Qardosh yurt vakillari tumandagi “Mingboshi keramik” kulolchilik muzeyida boʻlib, kulolchilik mahsulotlari koʻrgazmasi bilan tanishdi. Shuningdek, mehmonlarga har bir mahsulotni tayyorlanish jarayoni koʻrsatib berildi.
Muzeydagi murakkab hamda nafis naqshlar, oʻziga xos uslubda yaratilgan, tabiat manzaralari tushirilgan turli koʻrinishdagi serjilo idishlar hamda kulolchilik buyumlari koʻhna qitʼa vakillariga juda manzur boʻldi.


—Mehmonlar faoliyatimiz bilan tanishish asnosida rishtonlik kulollar bilan keng qamrovli hamkorlikka tayyor ekanini maʼlum qildi,—deydi “Chinor plyus” kulolchilik va turizm majmuasi rahbari Islom Orifjonov.
Yuzma-yuz muloqotlar soʻnggida Yas-Nadkun-Solnok viloyati prezidenti Imre Xubay Rishton tumani hokimligi delegatsiyasini keyingi yili Vengriyada oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro forumga taklif etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring