Rim shahrida “Italiya – Markaziy Osiyo” vazirlar konferensiyasi boʻlib oʻtdi

16:32 30 May 2024 Siyosat
323 0

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Rimda boʻlib oʻtgan uchinchi “Italiya – Markaziy Osiyo” vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi.

“Rim shahrida boʻlib oʻtgan ”Italiya – Markaziy Osiyo” vazirlar konferensiyasida hamkasblarimiz bilan ishtirok etishdan mamnunmiz, — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. — Italiya Bosh vaziri oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani janoblari va uning jamoasining mehmondoʻstligi uchun minnatdormiz. Markaziy Osiyo va Italiya oʻrtasida “yashil” energiya, transport, savdo, investitsiya, oliy taʼlim, xalq diplomatiyasi kabi bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha amaliy hamkorlikni kengaytirishni taklif qildik”.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya 28-may kuni “Italiya – Markaziy Osiyo” formatidagi uchinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etish va ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish uchun Rim shahriga bordi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?