Respublikamizdagi 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari uchun “Yangi Oʻzbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv kechasi tashkil etildi

11:22 22 Iyun 2023 Jamiyat
270 0

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabrikladi:

— Bugungi tadbirni soʻnggi qoʻngʻiroq emas, balki oldindagi marralar tomon birinchi qadam deb hisoblang. Doimo eng yuksak choʻqqilarni koʻzlang, ulkan maqsadlarga intiling! Parvozingiz hamisha baland boʻlsin!

Maʼlumot oʻrnida, 14 ta Prezident maktabi bitiruvchilari uchun 3 kunlik madaniy tadbirlar tashkil etilgan boʻlib, tadbir avvalida”MEHR” talabalar teatr studiyasi tomonidan “Usmon Nosir” nomli sahna asari namoyish etildi.

Shuningdek, Prezident maktablari bitiruvchilari “Yangi Oʻzbekiston” universiteti, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalarida boʻlishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?