Respublikada yangi yoʻnalishlarda mahalliy aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi
Foto: Xalq so‘zi
“Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–412-son, 26.10.2022-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra:
2023-yil martdan Samarqand–Nukus, Samarqand–Moʻynoq, Samarqand–Termiz, Buxoro–Termiz, Namangan–Termiz va Namangan–Nukus kabi yangi yoʻnalishlarda muntazam aviaqatnovlarni boshlash;
Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, shuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish;
▫️aviaqatnovlar jadvalini yoʻlovchilar uchun qulay boʻlgan temir yoʻl, avtobus va mikroavtobus yoʻnalishlari bilan integratsiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari koʻriladi.
Oʻzbekistonning rezident aviakompaniyalariga ichki turizm yoʻnalishlaridagi aviaqatnovlar uchun aviachipta narxining 25 foizi miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratish muddati 2026-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.
Oʻzbekistonning rezident aviakompaniyalari 2028-yil 1-yanvargacha Oʻzbekistonga olib kiriladigan, havo kemalariga xizmat koʻrsatish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy taʼminot uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring