Respublikada 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi, 3 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktab hamda 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat koʻrsatadi

18:07 09 Iyun 2023 Jamiyat
490 0

AOKAda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul, hujjatlar topshirish jarayonlari haqida maʼlumot berildi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2023/2024 oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining toʻrtinchi sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli, matematika va tabiatshunoslik fanlaridan oʻquv yilini aʼlo baholarga tamomlagan oʻquvchilarning hujjatlari qabul qilinadi.

Ijod maktablarining 7-sinflariga oʻquvchilar ijodiy imtihonlar hamda test sinovlari asosida har bir sinfda 20 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yoʻnalishiga umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 4-sinfini, tabiiy fanlar yoʻnalishiga 6-sinfini tamomlagan oʻquvchilarning hujjatlari qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga oʻquvchilarning hujjatlari belgilangan muddatlardan keyin kirish imtihonida ishtirok etish xohishini bildirilganda, taqdim etilgan hujjatlarning soxta ekanligi aniqlanganda, umumiy oʻrta taʼlim muassasasining tegishli sinfida oʻqishni toʻliq tamomlagan oʻquvchilar tomonidan maktablarning shu sinfida takroran oʻqish istagi bildirilganda qabul qilish rad etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?