Respublika va Chirchiq shahar olimpiya zaxiralari kollejlaridan boshqa birorta sport kolleji oʻz natijasi bilan maqtana olmaydi — Prezident

17:35 23 May 2022 Siyosat
1200 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida sportni ommalashtirish, sport taʼlimini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda sportchilarni professional tayyorlash tizimi ham toʻliq qayta koʻrib chiqilishi taʼkidlandi.

«Respublika va Chirchiq shahar olimpiya zaxiralari kollejlaridan boshqa birorta sport kolleji oʻz natijasi bilan maqtana olmaydi.

Sababi, yoshlar terma jamoalarining bosh trenerlari aynan shu 2 ta kollejda faoliyat yuritadi va sport federatsiyalari ham faqat ular bilan ishlashga oʻrgangan», dedi davlat rahbari.

Misol uchun, Samarqand olimpiya kolleji sport gimnastikasi, taekvondo va stol tennisi boʻyicha soʻnggi 3 yilda musobaqalarda sovrinli natija koʻrsatmagan. Vaholanki, kollejda ushbu sport turlari boʻyicha 23 nafar sportchi, 3 nafar trener mavjud.

Shuningdek, hozirda olimpiya zaxiralari kollejlariga 14 yoshdan yuqori oʻsmirlar qabul qilinayotgani, oqibatda yoshlarni Olimpiada oʻyinlariga tayyorlash 7-8 yil kech boshlanayotgani qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?