Respublika perinatal markazida qashqadaryolik ayol 4 egizakni dunyoga keltirdi — SSV
Joriy yil 7-sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida yashovchi 29 yoshli M. Tosheva hamda uning turmush oʻrtogʻi — M. Toshnazarov bir yoʻla 4 nafar egizakning ota-onasiga aylandi.
Respublika perinatal markazida chaqaloqlarning sogʻlom tugʻilishi uchun zarur shart-sharoit hozirlanib, kesarcha usulida, asoratsiz tugʻruq amaliyoti natijasida 1484, 1804, 1554 va 1950 grammlik 4 nafar oʻgʻil chaqaloq dunyoga keldi.
Hozirda goʻdaklarning ahvoli yaxshi. Ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog-shifokor va hamshiralar nazorati ostida.
Aytish lozimki, bu – joriy yil Respublika perinatal markazida toʻrt nafar egizaklar tugʻilishi bilan bogʻliq ilk holatdir. Shuningdek, yil boshidan beri mazkur muassasada oʻnta holatda uch nafar egizak tugʻilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring