Respublika ishchi guruhi Soʻxda
Ayni kunlarda butun mamlakatimiz boʻylab Respublika ishchi guruhi boshchiligida “Obod mahalla - obod koʻcha - obod xonadon” dasturi doirasidagi kengqamrovli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari jadallik bilan amalga oshirilmokda.
Bevosita ushbu jarayonga Prezident maslahatchisi oʻrinbosari boshchiligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan.
Bu boradagi ishlar samaradorligi esa Fargʻona viloyatining olis Soʻx tumanida ham bugun mazkur hudud aholisini mamnun etmoqda. Xususan, Respublika ishchi guruhi masʼullari ishtirokida tumanning 15 ta obyektlarda qurilish-montaj ishlari bajarildi va 8 ta obyektlar foydalanishga topshirildi.
Jumladan, ichki yoʻllar qurish va taʼmirlash boʻyicha rejadagi 11 ta obyektdan 45 km asfaltlash ishlari bajarilib, foydalanishga topshirildi, qolgan 2 ta obektlarda qurilish ishlari olib borilmoqda.
Elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash boʻyicha 1 ta obyekt, “Guliston” MFY hududiga yangi 6.6 km tarmoq tortish, 2 dona transformator va 221 dona temirbeton tayanchlarni oʻrnatish ishlari bajarilib, yakuniga yetkazildi.
Sugʻorish suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha 1 obyekt, “Qizilqiyoq” MFY hududiga sugʻorish suv tarmoqlarni tortish obyektida qurilish-montaj ishlari bajarilib, tarmoq tortish ishlari yakunlandi va yangi nasos urnatilib foydalanishga topshirish arafasida.
Aholi murojaatidan kelib chiqib, ijtimoiy ahvoli ogʻir boʻlgan Toʻxtanazarov Ravshan va Tuxtasinov Rahmatjonlarning uy-joylari taʼmirlanib, oʻz egalariga foydalanish uchun topshirildi.
Shu bilan birga aholi vakillarini ish bilan taʼminlash, bandlik masalalariga yechim topishdek ishlar amalga oshirilmokdaki, adirliklarda ming – ming gektarlab yerlarning oʻzlashtirilishi, ularga suv chiqarilib, ekin maydonlari barpo etilishi hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ishlari borasidagi eng yirik loyihalarga aylanmokda.
Xususan, Kalcha kishlogʻi yaqinidagi Javpaya adirliklarida ming gektar, Demirsad qishlogʻi yaqinidagi Qayroq massivida yana 1,5 ming ga yer maydonlari oʻzlashtirilishi, ularda oʻrikzor hamda malinazor plantatsiyalar yaratilishi buning isboti, albatta.
Xalq qabulxonasi, sektorlar rahbarlari, aholi oʻramlaridagi hokim yordamchilari va yoshlar faollari oʻrganishlari asosida bu yer maydonlari endilikda ijtimoiy koʻmakka muhtoj aholi qatlamlariga 50 sotixgacha ajratib berilmoqda. Yoz pallasi nihoyalar ekan, yer egalari ulardan oʻzlarining dastlabki xosillarini ham olmoqdalar.
Darhaqiqat, bugun Soʻxda ham barcha mahallalar obod goʻshalarga, koʻrkam maskanlarga aylanmoqdaki, natijada obod va namunali xonadon, koʻchalar, mahallalar soni ortib bormokda. Pirovardida yurtdoshlarimizning ertangi kunga boʻlgan ishonchi yuksalib, yashashga, kelajakka bulgan intilishi kuchaymoqda. Obodlik bor joyda esa hamisha fayzu – baraka, tarakkiyot balq uraveradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring