“Real Madrid” Argentinaning “Yangi Marodona”si bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi navbatdagi transferini amalga oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu safar madridliklar eʼtiborini Argentinaning “River Pleyt” jamoasida toʻp surayotgan yosh isteʼdod — Franko Mastantuonoga qaratdi. “Qaymoqranglilar” rahbariyati 17 yoshli futbolchining shartnomasida koʻrsatilgan tovon puli — 45 million yevroni toʻlashga rozi boʻldi va futbolchining oʻzi ham bu transferga rozilik bildirdi.
“TyC Sports” nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, tomonlar oʻrtasidagi kelishuv allaqachon yakunlangan. Endilikda esa asosiy savol — Mastantuono “Real” safiga qachon qoʻshilishida, deb yozdi nashr. Transfer joriy yil yozida Jahon chempionati boshlanishidan avval yoki musobaqa yakunlangach rasman amalga oshirilishi mumkin. Hozirda bu borada muzokaralar davom etmoqda.
Eʼtiborlisi shundaki, Franko Mastantuonoga boshqa yirik klublar ham qiziqish bildirgan edi. Jumladan, Parijning “PSJ” klubi uni safga qoʻshib olish istagini bildirgan, biroq “Real”dan taklif kelgach, futbolchi fikrini oʻzgartirib, Madrid jamoasini tanladi. Shuningdek, “Milan” va “Atletiko Madrid” klublari ham yosh futbolchini oʻz safiga qoʻshmoqchi boʻlgan edi.
Joriy mavsumda Franko Mastantuono “River Pleyt” safida 17 ta oʻyinda ishtirok etib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Unga nisbatan katta umidlar bogʻlanmoqda. Ayni paytda futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil oxirigacha moʻljallangan boʻlib, Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 15 million yevroga baholagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring