Razambek Jamalov Parij Olimpiadasi finalida!
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Razambek Jamalov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
-74 kg vazn toifasida qatnashayotgan sportchimiz Jamalov Tojikiston sharafini himoya qilayotgan Viktor Rassadinga qarshi oʻtkazdi va 8:2 hisobida gʻalabaga erishdi.
Qayd etish kerakki, Jamalov turnirda sensatsion natijalar qayd etmoqda. U birinchi bahsda “Tokio-2020” finalchisi Magomedxabib Kadimagomedovni 8:0, toʻrt karra Yevropa chempioni va jahon erkin kurash yulduzi Slovakiya vakili Taymuraz Salkazanovni 10:4 hisobida magʻlub qildi. Chorak finalda esa eng murakkab raqibini, Albaniya sharafini himoya qilayotgan rossiyalik Chermen Valiyevni 6:5 hisobida yutishga muvaffaq boʻldi.
Endi u finalda yaponiyalik Daichi Takatani bilan oltin medal uchun kurashadi. Final ertaga kechki dasturlarga moʻljallangan.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Razambek Salambekovich Jamalov 1998-yil 1-iyulda Chechenistonda tugʻilgan. 2020-yilgi Jahon kubogi gʻolibi hisoblanadi.
Avvalroq, Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatovlar ikki karradan Olimpiada oltin medal sohiblari boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring