Raqobat qoʻmitasi “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatdi
Mineral oʻgʻitlar bozorida narxlarni asossiz oshirish holati boʻyicha “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qoʻmita tomonidan “Maxam-Chirchiq” AJda ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻit mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarining asossiz oshishiga olib kelgan harakatlar alomatlari aniqlangan.
Natijada, mineral oʻgʻit mahsulotlari narxlari oʻrtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga sabab boʻlgan.
“Yuqoridagilarga koʻra, Raqobat qoʻmitasi tomonidan “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari boʻyicha ish qoʻzgʻatildi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, ushbu omil qishloq xoʻjaligi korxonalari (klaster, fermer, dehqon va boshqalar)ga bevosita taʼsir qilib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlari oshishiga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring