Qachon mahallaga raqamlashtirish toʻliq kirib borsa, shundagina “Elektron hukumat” ishlab ketdi, deb ayta olamiz — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Majlisda mahallalarda raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.
“Raqamlashtirish, eng avvalo, mahalladan boshlanishi kerak”, dedi davlatimiz rahbari yigʻilishda.
Hozir “mahalla beshligi” planshet va kompyuter bilan toʻliq taʼminlangan. Lekin mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli raqamli texnologiyalardan qanchalik foydalanayotgani savol ostida. Masalan, yoshlar yetakchisiga subsidiya olish uchun murojaat qilgan fuqaro haligacha mahalla raisi, hokim yordamchisi yoki bandlik boʻlimidan ishsizlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma olib kelishga majbur.
“Qachon mahallaga raqamlashtirish toʻliq kirib borsa, shundagina “Elektron hukumat” ishlab ketdi, deb ayta olamiz”, dedi Prezident.
Mutasaddilarga 1-martga qadar “Raqamli mahalla” yagona platformasini ishga tushirish va “mahalla yettiligi”ni raqamli tizimlardan foydalanishga oʻqitish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring