Qrimdagi muhim transport yoʻnalishi boʻlgan koʻprik sirli tarzda qulab tushdi
Qrimdagi Djankoy - Maslovo yoʻnalishidagi koʻprik 13-noyabr kuni kutilmaganda qulab tushdi. Ushbu koʻprik orqali hududga harbiy yuklar yetkazib turilgan boʻlib, qulash sabablari hozircha aniq emas. Koʻprikning qulashidan keyin Rossiya va Ukraina oʻrtasida bu hodisa borasida turli taxminlar va muhokamalar boshlandi. Bu haqda “Newsweek” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa paytida koʻprik ustida yuk mashinasi va avtomobil boʻlgan va guvohlarning aytishicha, ortiqcha ogʻirlik sababli koʻprikning mustahkamligi yetarli boʻlmagan. Bu hodisa natijasida ikki kishi jarohat olgani, ulardan biri ogʻir ahvolda ekani xabar qilinmoqda. Qrim transport vaziri Aleksandr Ovdiyenko koʻprik “tasodifan” qulab tushganini aytdi.
Djankoy tumani Rossiya tomonidan Qrimda harbiy logistika markazi sifatida foydalanilgan hududlardan biri sanaladi va temir yoʻl infratuzilmasi bu borada muhim ahamiyatga ega. Koʻprikning qulashidan soʻng Rossiya hududida harbiy yuklarni tashishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu hodisa Ukrainaning Qrimga qarshi kurashida muhim oʻzgarishlar kiritishi mumkinligi haqida fikrlarni kuchaytirgan.
Qrimdagi boshqa muhim koʻpriklardan biri, Kerch koʻprigi ham koʻp marotaba zarar koʻrgan. Ukraina 2022-yilda va 2023-yilning iyulida bu koʻprikka zarbalar uyushtirgan edi. Kerch koʻprigi Rossiyadan Qrimga harbiy yuklarni yetkazishning asosiy yoʻli hisoblanadi va uning zararlanishi Rossiya harbiylarining logistik imkoniyatlariga jiddiy taʼsir qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring