Qozonda YTHga uchrab, ogʻir jarohat olgan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi

11:45 30 Sentyabr 2024 Jamiyat
287 0

Foto: “Dunyo”

Tatariston hududida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida ogʻir tan jarohati olgan oʻzbekistonlik yigit va uning onasi Vatanga qaytarildi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, joriy yilning 1-sentyabr kuni Tatariston hududidan oʻtuvchi Aznakayevo–Almetevsk trassasida Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Ushbu hodisa oqibatida Oʻzbekiston fuqarosi T.J. ogʻir tan jarohati olib, Almetevsk tumanlararo koʻp tarmoqli shifoxonasiga yotqizilgan.

Shundan soʻng, bemorning onasi oʻgʻlini Oʻzbekistonga olib ketish uchun moliyaviy koʻmak soʻrab, Bosh konsulxonaga murojaat qilgan.

“Oʻzbekiston diplomatlari jabrlangan yurtdoshga barcha turdagi konsullik-huquqiy va amaliy yordam koʻrsatdi. Xususan, shifokorlar va boshqa idoralar bilan zarur uchrashuvlar oʻtkazildi hamda holat doimiy nazoratga olindi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, mazkur ariza asosida Bosh konsulxona xodimlari tomonidan bemor T.J.ni mamlakatga qaytarish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash ishlari amalga oshirilgan. Natijada T.J. va uning onasiga Qozon–Toshkent aviaqatnovi orqali 26-sentyabr kuni Vatanga qaytarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер