Parlamentlararo ittifoqning 151-assambleyasida Oʻzbekistonning insonparvarlik sohasidagi tashabbuslari ilgari surildi
Parlamentlararo ittifoq 151-assambleyasining “Inqiroz sharoitida insonparvarlik meʼyorlariga rioya qilish va insonparvarlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlash” mavzusidagi yalpi majlisida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston parlament delegatsiyasi ishtirok etdi.
Senat Raisi oʻz chiqishida dunyoda kechayotgan turli nizolar, inqirozlar va gumanitar tahdidlar millionlab insonlarning hayotiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatayotganini taʼkidladi. Bunday sharoitda parlamentlar insonparvarlik tamoyillarini ilgari surish va inson hayotini asrashda hal qiluvchi rol oʻynashi zarurligi alohida qayd etildi.
Assambleyada Oʻzbekistonning insonparvarlik sohasidagi tashabbuslari ilgari surildi. Taʼkidlanganidek, hozirgi kunda dunyo boʻylab 120 dan ziyod qurolli toʻqnashuvlar natijasida 310 millionga yaqin insonlar yordamga muhtoj boʻlib, bu insonparvarlik meʼyorlariga rioya qilish masalasini yana-da dolzarb etmoqda.
Oʻzbekiston xalqaro insonparvarlik harakatlarida faol ishtirok etib, notinch mintaqalardagi muhtoj aholiga uy-joy, tibbiy xizmat va ijtimoiy koʻmak koʻrsatish orqali amaliy yordam bermoqda. Bu saʼy-harakatlar mamlakatimizning insonparvarlik va xalqaro hamjihatlik tamoyillariga sodiqligini yaqqol namoyon etmoqda.
Majlis doirasida parlamentlar oʻrtasida qonunchilik va raqamli hamkorlikni chuqurlashtirish, gumanitar resurslarni samarali va manzilli yoʻnaltirish, global tashabbuslarga moliyaviy ishtirokni kengaytirish, shuningdek, insonparvarlik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga oid aniq takliflar ham ilgari surildi.
Taʼkidlanganidek, insonparvarlik – tinchlikning huquqiy kafolati, barqaror taraqqiyotning maʼnaviy poydevoridir. Shu bois, bu jarayonda parlamentlarning roli tobora oshib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring