Qozogʻistonda qarovsiz qolgan bolalar Oʻzbekistonga qaytarildi
Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Qozogʻistonda ota-ona qaramogʻisiz qolgan 3 nafar bola Vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Bildirilishicha, kecha, 14-oktyabr kuni soat 18:30 da Qozogʻistonning Olmaota shahridan 3 nafar voyaga yetmagan Oʻzbekiston fuqarosi Toshkent shahriga olib kelingan. Ularni kuzatib kelishda Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, bolalarning ikki nafari dastlab, Toshkent shahridagi markazga soʻngra ota-onasi bagʻriga qaytariladi, bir nafari esa Navoiy viloyatdagi oilaviy bolalar uyiga joylashtiriladi. Bolaning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishi ularning keyingi yashash joyi boʻyicha davom ettiriladi.
Maʼlum qilinishicha, hozirda Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlari Rossiya va Qozogʻistonda xizmat safarida boʻlib turibdi. Tez orada Qozogʻistondan yana 4 nafar voyaga yetmagan bolalarni olib kelish reja qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring