Qozogʻiston parlamenti bilan hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Samarqand shahrida Qozogʻiston Parlamenti Senati Raisi oʻrinbosari Olga Perepechina hamda Qozogʻiston Parlamenti Majlisi Raisi oʻrinbosari Daniya Yespayeva bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqotda keyingi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar yuqori darajaga koʻtarilgani, barcha sohalardagi aloqalar jadal rivojlanayotgani alohida qayd etildi.
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti mintaqaviy platformasi ishini yanada faollashtirish, Oʻzbekiston va Qozogʻiston biznes doiralari, xususan, ishbilarmon xotin-qizlar oʻrtasida faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Tadbirkor ayollar forumini oʻtkazish yuzasidan fikr almashildi.
Har ikkala loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun parlamentlar oʻziga xos koʻprik vazifasini oʻtashi lozimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring