Qoʻshni mamlakatlardan keltirilgan 48 kg narkotik moddalar musodara qilindi
Videodan kadr
Tojikiston va Qirgʻizistondan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan 48 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi, deb xabar bermoqda DXX.
Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Denov tumanida yashovchi, 41 yoshli muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxs Tojikiston Respublikasidan mamlakatimizga aylanma yoʻllar orqali narkotik moddalarni olib kelib, sotish bilan shugʻullanayotganligi holati aniqlanib, uning yashash xonadoni koʻzdan kechirilgan.
Natijada xonadon yertoʻlasidan 576 gramm “geroin”, 2,4 kg “opiy” va 1,9 kg “gashish” moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, uning muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan, 69 yoshli otasidan 9,6 kg “gashish” moddasi hamda kelib chiqishi noaniq boʻlgan 137,4 ming dollar va 569,8 million soʻm olingan.
Bundan tashqari, tezkor tadbir davom ettirilib, uning muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan, 45 yoshli akasi va Uzun tumanida istiqomat qiluvchi, 38 yoshli jinoiy sherigi ham qoʻlga olinib, jinoiy sherigining uyidan ham kelib chiqishi noaniq boʻlgan 159,4 ming AQSH dollari olingan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari va Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi hamkorligida Yangiqoʻrgʻon tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Yangiqoʻrgʻon-Namangan” yoʻnalishida harakatlanayotgan avtobus toʻxtatilib, koʻzdan kechirilgan.
Natijada unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, mazkur tumanda yashovchi, 26 va 23-yillarda tugʻilgan 2 nafar fuqaroga tegishli sumkalarda jami 19,9 kg “gashish” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirigan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ular giyohvandlik vositasini kelgusida sotish maqsadida Qirgʻiz Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelganliklari maʼlum boʻlgan.
Andijon viloyatida kuzatilgan holatda esa Marhamat tumanida yashovchi, 29 yoshli, muqaddam sudlangan shaxs “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasining mazkur tuman hududidan oʻtuvchi qismiga kelib, avvalroq Qirgʻiz Respublikasi fuqarosi tomonidan kontrabanda yoʻli bilan oʻtkazib berilgan 4,9 kg “opiy” va 9,9 kg “gashish” moddalarini olib, qaytayotgan vaqtida Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ushlangan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring