Qoraqalpogʻistonlik bolalar taʼtilni Fargʻonada oʻtkazmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa, Boʻzatov tumanlari hamda Nukus shahridan Fargʻona viloyatiga kelgan 302 nafar oʻgʻil-qizlar Qoʻqon shahridagi “Koinot” oromgohida maroqli hordiq chiqarmoqda.
Orolboʻyidan kelgan bolajonlar yozgi taʼtilni mazmunli, unutilmas taassurotlar ila oʻtkazishi uchun ushbu soʻlim va bahavo maskanda barcha sharoit muhayyo etilgan.
Oromgohda futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol, rasm, raqs, adabiyotshunoslar, rus va ingliz tili toʻgaraklari faoliyat koʻrsatmoqda. Shuningdek, shoir-yozuvchilar bilan uchrashuvlar, turli tanlovlar, viloyat boʻylab tarixiy-madaniy maskanlarga sayohatlar ham oʻgʻil-qizlarga bir olam quvonch, zavq ulashmoqda.
— Bu yilgi taʼtil esdan chiqmaydigan taassurotlar bilan bir umr yodimizdan saqlanib qoladi, — deydi qoraqalpogʻistonlik Umida Zakayayeva va Shaxzod Karimboyev. — Oromgoh boshligʻi Husanboy Qosimov va barcha tarbiyachilar juda mehribon. Har kuni turli mashgʻulotlarda yangi narsalarni oʻrganyapmiz, yangi doʻstlar orttiryapmiz. Bizga Fargʻona juda-juda yoqdi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring