Qoraqalpogʻistonda xalqaro ekomarafon oʻtkazildi
Gʻayrat Otajonov/“Xalq soʻzi”. Qoraqalpogʻistondagi noyob tabiiy maskan — Borsakelmas hududida (Orol dengizi yaqinidagi orol) “Sayyoramiz kelajagiga qoʻshgan hissamiz” xalqaro ekomarafon boʻlib oʻtdi.
Marafon Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda ProRun yugurish maktabi hamkorligida tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston, Hindiston, Keniya, Togo, Sudan, Iordaniya, Ispaniya, Kanada, Daniya, Belarus, Rossiya kabi 11 davlatdan 250 nafar professional va havaskor yuguruvchilar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar orasida Nike kompaniyasining musulmon ayollar oʻrtasida yugurishni targʻib qiluvchi elchisi Farah Majid va Adidas vakili Gʻani Sulaymon ham boʻldi.
Ikki kunlik tadbirda oʻtov lagerida joylashtirish, madaniy dastur, etno-shou, Borsakelmas shoʻrxok hududiga sayohat, 42 km marafon, 21 km yarim marafon hamda 5 va 10 km masofaga yugurish oʻrin olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring