Qoraqalpogʻistonda issiqxona qurish uchun ajratilgan yer maydonining sotilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmalari tomonidan prokuratura va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro P.Ye. oʻziga Nukus shahri, «Allaniyaz Qahramon» MFY hududida issiqxona qurish uchun ajratilgan 9 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro T.ga firibgarlik yoʻli bilan 170 mln soʻmga sotishga kelishib, shundan 80 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring