Qoradaryodan noqonuniy tarzda qum-shagʻal qazib olgan fuqaro jarimaga tortildi

11:04 16 Dekabr 2024 Jamiyat
152 0

Foto: Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi

Ishtixon tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi.

Qayd etilishicha, mazkur reyd davomida tumanning Beshkapa MFYda yashovchi fuqaro H.L. oʻz boshqaruvidagi ekskavator bilan shu mahalla hududidan oqib oʻtuvchi Qoradaryo daryosi oʻzanidan qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib olib, yuk tashuvchi mashinalarga yuklab berayotgangi aniqlangan.

Aniqlangan holat yuzasidan ushbu qonunbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik togʻrisidagi kodeksning 70-moddasi prim 1-qismiga binoan, jami BHMning 30 barobari, yaʼni 11,2 mln soʻm miqdorida jarima qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?