Qoʻqonda maktab oʻquvchilariga planshetlar tuhfa etildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Maʼlumki, joriy oʻquv yilidan boshlab Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan har bir shahar–tumandan 1 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi tanlab olinib, yapon taʼlim tizimi tajribasi asosida dars oʻtilyapti.

Shu maqsadda Yaponiyadan boshlangʻich sinf hamda aniq fanlar va robotexnika boʻyicha ikki nafar malakali oʻqituvchi jalb etilib, mahorat darslari tashkil etildi. Oʻz navbatida tanlab olingan boshlangʻich sinflar xonasi yapon taʼlimi tizimi talablari asosida jihozlandi. Mahalliy byudjet mablagʻi hisobidan bepul tushlik yoʻlga qoʻyildi.

Kuni kecha Qoʻqon shahar hokimi Maʼrufjon Usmonov shahardagi 6–umumiy oʻrta taʼlim maktabida Yaponiya taʼlim tizimi boʻyicha tahsil olayotgan maktab oʻquvchilari bilan suhbatlashib, ularning bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazdi. Yuzma–yuz muloqot mobaynida oʻquvchilarga fanlarni yanada mustahkam egallashlari va axborot texnologiyalarini mukammal oʻrganishlari uchun shahar hokimligi nomidan taʼlim planshetlari tantanali ravishda topshirildi.

— Oʻquv jarayoni asosan zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida olib boriladi,—deydi maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Yulduzxon Saydullayeva. — Mobil multimedia uskunalari yapon tilini oʻrganayotgan bolajonlarga taʼlim jarayonini yanada qiziqarli va koʻrgazmali tashkil etish hamda uy vazifalarini elektron usulda bajarish imkonini beradi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring