Qoʻqon universitetida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi ochildi

13:44 23 Dekabr 2022 Jamiyat
515 0

Foto: Xalq so‘zi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbusning uchinchisi aholi, xususan, yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishga qaratilgan boʻlib, bu borada Qoʻqon universitetida ham izchil tadbirlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Universitetda IT park bilan hamkorlikda Inkubatsiya va akseleratsiya markazining tashkil etilishi ayni yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarning mantiqiy davomidir.

— Ushbu markaz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida startap-loyihalarni rivojlantirish va takomillashtirish uchun qulay sharoit yaratadi, — deydi Qoʻqon universiteti axborot xizmati rahbari Muxtasar Isaqova. — Unda dasturlash, istiqbolli loyihalar ustida jamoaviy ishlash koʻnikmalarini shakllantirish, mahalliy shart-sharoitlarga mos dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish maqsad qilingan. Ayni jarayonda talabalar tomonidan yaratilgan dasturiy taʼminotlar, axborot tizimlari va AKT sohasidagi ishlanmalar taqdimotlarini oʻtkazib borish, markazning IT park bilan hamkorligini bosqichma-bosqich rivojlantirishga erishish ham koʻzda tutilgan.

Shuningdek, markaz mutaxassislari tomonidan kompyuter savodxonligi, veb-dasturlash tillari, grafika va dizayn asoslari, mobil ilovalar yaratish, mobil robototexnika, kibersport boʻyicha mashgʻulotlar olib boriladi. Oʻz navbatida nazariy gʻoyalarni amaliyotga joriy etish, yaʼni tijoratlashtirish, mahsulotga aylantirish va mahsulotni savdoga chiqarishgacha boʻlgan barcha jarayon qamrab olinadi.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?