"Qo‘qon olimpiadasi"ning navbatdagi g‘oliblari aniqlandi

18:03 10 Aprel 2023 Jamiyat
844 0

Foto: Xalq so'zi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida "Bilim insonni ulug‘laydi" shiori ostida o‘quvchi-yoshlarning ilm olishga intilishlarini rag‘batlantirish, matematika fanidan bilimli va iqtidorli yoshlarni kashf qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Qo‘qon olimpiadasi” o‘tkazildi.

“Qo‘qon olimpiadasi” bu gal ham shahardagi umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda nodavlat ta’lim muassasalarining 7-8, 9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning birinchi bosqichida 1000 nafarga yaqin o‘quvchilar qatnashib, yakuniy bosqichga yo‘llanma olgan o‘quvchilar uch xil darajadagi 25 ta test savoliga javob berishdi. 

Final bosqichida Qo‘qon shahri maktablarining 45 nafar 7-8-sinf o‘quvchilari, 46 nafar 9-10-11-sinflar o‘quvchilari ishtirok etdilar. Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, Qo‘qon universitetida grantda o‘qish imkonini beruvchi vaucherlar bilan taqdirlandilar. 

-"Qo‘qon olimpiadasi"ni o‘tkazish asnosida har yili yosh va iqtidorli matematiklar kashf etiladi,-deydi Qo‘qon universiteti axborot xizmati rahbari Muxtasar Isaqova. - Olimpiada yosh matematiklarning seleksiyasini amalga oshirish, oliy o‘quv yurtida tahsil olishlariga ko‘maklashish hamda ularning iqtidorini jamiyat rivoji yo‘lida safarbar etishga xizmat qiladi.

Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?