Qonunchilikka korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar joriy etilmoqda

Bu haqda yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda “Mintaqaviy muloqot” nodavlat xalqaro tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida tashkil etildi.
Unda korrupsiyaga oid qonun hujjatlari loyihalarini xalqaro va milliy ekspertlar oʻrtasida muhokamadan oʻtkazish hamda xalqaro standartlarga mosligini aniqlash masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) ekspertlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi vakillari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, soʻnggi 5 yil davomida davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan 70 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Bu borada tashlangan eng muhim qadam – Prezidentimiz tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunning imzolagani boʻldi. 2017-yilda qabul qilingan ushbu qonun bilan “korrupsiya”, «korrupsiyaviy huquqbuzarliklar», “manfaatlar toʻqnashuvi” kabi tushunchalarga taʼrif berildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlari doirasida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi, “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi, “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi qonunlarning qabul qilinishi bilan korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari yana-da mustahkamlandi.
Anjumanda korrupsiyaga qarshi kurashishni konseptual jihatdan yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qiluvchi “Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi toʻgʻrisida”gi, “Davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulki va manfaatlar toʻqnashuvini deklaratsiya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihalari muhokama qilindi.
Mazkur qonun loyihalari 2020-yil 29-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqildi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantiruvchi maxsus vakolatli idoraning asosiy faoliyat yoʻnalishlarini belgilovchi hujjat boʻlib, unda:
— korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining maqomi hamda faoliyatining huquqiy asoslari va asosiy prinsiplari;
— Agentlikning davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat sektor vakillari va fuqarolar bilan hamkorligi oʻz aksini topgan.
Shuningdek, Agentlikning davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish va manfaatlar toʻqnashuvini hal qilish, normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi samaradorligini taʼminlash, davlat xaridlari va byudjet mablagʻlaridan foydalanish, xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlarning kreditlari, davlat aktivlarini sotish jarayonida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini joriy etish va uning samaradorligini tahlil qilish boʻyicha vazifalari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar yuzasidan maʼmuriy surishtiruv oʻtkazish tartibi belgilab berilmoqda.
“Davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulkini deklaratsiya qilish va manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida quyidagi masalalar tartibga solinishi belgilanmoqda:
• davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish hamda manfaatlar toʻqnashuvi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning umumiy qoidalari;
• davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulki toʻgʻrisida deklaratsiyalarni taqdim etish va ularni eʼlon qilish tartibi;
• davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va ularni hal qilishning mexanizmlari;
• davlat xizmatchisining vazifalarini bajarish vaqtidagi taqiqlar;
• sovgʻalar olish va berish bilan bogʻliq cheklovlar.
Qonun loyihalari mahalliy ekspertlar bilan bir qatorda, xalqaro tashkilotlar, xususan, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti ekspertlarining fikr-mulohazalari va takliflari asosida ishlab chiqilgani alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, mazkur qonun loyihalarini ishlab chiqishda Yevropa Ittifoqi, Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy-sharqiy Osiyo hamda MDH mamlakatlari tajribalari asosida takomillashtirilgani qayd etildi..
Muhokamalar davomida deputatlar, senatorlar, ilmiy doira vakillari, shuningdek, xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilgan fikrlar asosida qonun loyihasini yana-da takomillashtirish, jumladan, korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar hamda xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini inobatga olgan holda yana-da takomillashtirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring